Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦

Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yuldosheva Zulfizar Sobir qizining 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Maykl Morpurgo ijodida animalistik obrazlarning badiiy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Ilmiy muhokama oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Dissertatsiya ishining ilmiy rahbari — Muxammedova Xulkar Eliboyevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.

Muhokamada taqrizchilar va dissertatsiya ishining eksperti tomonidan ish yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.

Ilmiy muhokama davomida dissertatsiyaning mavzusi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalari hamda ishning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, savol-javoblar o‘tkazildi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishi yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔥5❤3🎉2👍1
September 9, 2026 2.8K 11