Kanalizatsiya tizimiga tarnov (yomg'ir) suvlarini ulash mumkinmi?
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 194-son qarorining 123-bandiga muvofiq, yomg'ir (tarnov) suvlarini kanalizatsiya tizimiga oqizish taqiqlanadi.
Tarnov suvlarini alohida drenaj tizimi yoki maxsus suv chiqarish tarmoqlariga yo'naltirish zarur. Yomg'ir suvlarini kanalizatsiyaga ulash tizimning ortiqcha yuklanishiga, avariyaviy holatlar yuzaga kelishiga va oqova suv tarmoqlari samaradorligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Kanalizatsiya tizimidan to'g'ri foydalanish uy-joylar, ko'chalar va mahallalarda tozalikni saqlash hamda tizimning uzluksiz va samarali ishlashiga xizmat qiladi.