Magnus Karlsenni mag‘lub etib... shunchaki uxlashga yotgan 15 yoshli… — UzChess — TG.ME

Magnus Karlsenni mag‘lub etib... shunchaki uxlashga yotgan 15 yoshli o‘smir!

⚡Hindistonlik 15 yoshli shaxmatchi Vandan Alankar Savay Chess.com platformasidagi Titled Tuesday blits turnirida 50-yurishda dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishdi!

😀Eng qizig‘i, Yevropadagi turnirlardan endigina qaytib, charchab turgan yosh shaxmatchi Karlsen ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng hech qanday bayram qilmagan yoki maqtanmagan. U 4 ta partiyadan so‘ng ota-onasiga shunchaki charchaganini aytib, xonasiga kirib uxlab qolgan.

👉Ota-onasi esa o‘g‘lining shaxmat afsonasini mag‘lub etganini keyinroq, uning Chess.com profilini tekshirib ko‘rgach bilib qolishgan.

🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 20 kun qoldi


YouTube
| Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova
😁146❗️36❤16👏8👍7🔥7🤩2
August 27, 2026 7.6K 34 52