Uzbekistan Physics Olympiad: post #5212 — TG.ME

#IPhO_2026
#Team


IPhO 2026: REKORD NATIJA QAYD ETILDI — KOLUMBIYA!

⚡️ O‘zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) munosib ishtirok etib, tarixda ilk bor 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!

🔵 Joriy yilning 4–12-iyul kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh fiziklar quyidagi natijalarni qayd etdi:

🥈 Asilbek Jumanazarov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - KUMUSH MEDAL;
🥈 Muhammad Abdumalikov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - KUMUSH MEDAL;
🥉Elbek Uroqov - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga IM - BRONZA MEDAL;
🥉Xasan Kamolov - Qo‘qon shahar 1-sonli IM - BRONZA MEDAL;
🎗️Javohir
Aknazarov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi IM - Honorable mention.

⚡️ Terma jamoamiz a’zolari ushbu olimpiadada ilk kumush medalini qoʻlga kiritib, o‘z ishtiroki tarixidagi REKORD NATIJA qayd etdi.

✅Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO) — bu nafaqat murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish, balki xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashish, yoshlar o‘rtasida fan orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlash imkoniyatidir.


🇺🇿 G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz va ularga bundan-da ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
👏8👍2❤1
July 11, 2026 1.8K 14