Viki Olimpiya o‘yinlarini sevadi» tanlovi boshlandi! Oʻzbek tilida… — Oʻzbekcha Vikipediya — TG.ME

🏅 «Viki Olimpiya o‘yinlarini sevadi» tanlovi boshlandi!

Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tomonidan Olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan mahalliy tanlov e’lon qilindi. Tanlov doirasida Vikipediyada Olimpiya harakati, sportchilar, musobaqalar va Olimpiya tarixi haqida maqolalar yozish yoki mavjudlarini yaxshilash mumkin.

✍️ Shart oddiy: Vikipediyada Olimpiya o‘yinlariga oid kamida 10 ta maqola yozish.

🎁 Mukofotlar (har bir ishtirokchi):

🏆 O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasidan diplom

🎖 Tanlov tashkilotchilaridan esdalik nishoni

📌 Tanlov sportni, Olimpiya qadriyatlarini va ochiq bilimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

👉 Vikipediyaga hissa qo‘shing va Olimpiya tarixining bir qismi bo‘ling!

Telegram | YouTube | X (Twitter) | Facebook
👍3❤2
February 6, 2026 378 4