Abituriyent Onlayn: post #18694 — TG.ME

⭕️⭕️⭕️Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetida to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Yangi narxlarga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida bir yillik kontrakt 22 496 700 so‘m etib belgilangan. 2025/2026 o‘quv yilida ushbu summa 16 695 000 so‘m edi. Yaʼni kontrakt narxi o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 5,8 mln so‘mga yoki qariyb 35 foizga oshgan.

Bakalavriatning boshqa taʼlim shakllarida o‘sish yana-da yuqori. Sirtqi taʼlimda to‘lov 14 868 000 so‘mdan 21 352 800 so‘mga yetib, 43,6 foizga qimmatlagan. Masofaviy taʼlimda esa kontrakt 13 860 000 so‘mdan 20 208 900 so‘mga oshgan. Bu 45,8 foizlik o‘sishni tashkil etadi.

Magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida ham kontrakt 5,8 mln so‘mga qimmatlab, 18 585 000 so‘mdan 24 403 200 so‘mga yetgan. Yaʼni kontrakt narxi 31,3 foizga oshgan.

‼️ Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda 👇👇👇

@abtxabar

📱 Telegram | 📺 Youtube | 📱 Instagram
❤3