Andijon viloyati Buloqboshi tumani Neftchilar qishlogʻida 10-oktabr…

Andijon viloyati Buloqboshi tumani Neftchilar qishlogʻida 10-oktabr kuni jiddiy yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.

Tuproq ortilgan HOWO yuk mashinasi qiyalikdan tushayotganda boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlda uchragan mashina, bino va odamlarni surib ketgan.

Hodisa oqibatida qancha odam halok boʻlgani yoki jarohatlanganlari haqida rasmiy maʼlumot berilmagan. Aytishlaricha, avval ham aynan shu yerda yuk mashinasi odamlarni bosib qolishidan 10 nafarga yaqin odam halok boʻlgan.

Bu holat mahallada keskin tanqilarga sabab boʻldi. Aholi ijtimoiy tarmoqlarda “Yana qancha odam halok boʻlishi kerak?” degan savol bilan aynan shu joyda YTHlar nega shu qadar koʻp boʻlayotganini soʻrab, masala yechimini talab qilmoqda.

👉 UZ_feed | O'zbekiston va dunyo yangiliklari 🌍
👍1
17-oktabr, 2026 1,6 ming