TAFU va Malayziya o‘rtasida yangi hamkorlik Toshkent amaliy fanlar… — Toshkent amaliy fanlar universiteti — TG.ME

🇺🇿🇲🇾 TAFU va Malayziya o‘rtasida yangi hamkorlik

Toshkent amaliy fanlar universitetiga Malayziyaning KOLEJ POLY-TECH MARA SDN. BHD. kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

🌍 Tashrif doirasida TAFU va KPTMSB o‘rtasida akademik hamkorlik, madaniy almashinuv, xodimlar va tajriba almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 Tashrif doirasida KPTMSB vakillari — Dr Wan Muhamad Adam Wan Norudin, Hj Radzuan Razali va Prof. Dr Zahrah Yahya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, kelgusida yanada rasmiy va keng qamrovli kelishuvlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.

Tashrif davomida mehmonlar TAFUning zamonaviy o‘quv binolari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Memorandum imzolash tadbirida O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Karomiddin Ibodovich Gadoyev ham ishtirok etdi.

Instagram | Veb-sayt | YouTube
2❤19👍10🎉6
August 26, 2026 4.5K 11 10