Senator Toshkent amaliy fanlar universitetiga tashrif buyurdi
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov Toshkent amaliy fanlar universitetida bo‘lib, universitetning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
Tashrif davomida universitetdagi ta’lim jarayoni, mavjud infratuzilma, zamonaviy laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.