EMAKTAB.UZ DA SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA — ota-ona… — Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal — TG.ME

⚡️EMAKTAB.UZ DA SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA

— ota-ona (oʻquvchining qonuniy vakili) uchun platformada profil yaratib, vaqtinchalik login va parolni tarqatish;

— ota-onalar va oʻqituvchilar uchun unutilgan login va parolni tiklash tartibi hamda oʻquvchi va ota-ona (oʻquvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy maʼlumotlarini uzatish uchun javobgar boʻlish;

— ota-ona (oʻquvchining qonuniy vakili)ning platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tugʻilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat oʻz ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga maʼlumot kiritish;

sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan oʻquvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

— oʻquvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar toʻplamini yigʻib, muassasa rahbariga taqdim etish;

— umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan vazifalar bajarilishini taʼminlaydi.

*Asos: XTVning 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrugʻi.

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling👇
https://t.me/ustoz
August 31, 2026 4.6K 58