Oʻqituvchi | Maktab taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal: post #10214 — TG.ME

⚡️TOʻGARAK HUJJATLARI QUYIDAGI TARTIBDA YURITILISHI KERAK

Toʻgaraklarga 1-11 sinf oʻquvchilari qamrab olinadi. Toʻgaraklarning oʻquv yili uchun moʻjjallangan oʻquv rejasini yozishdan oldin yaʼni toʻgarak mashgʻulotlari jurnaliga 5-15 sentyabrgacha tashkiliy ishlar yoziladi. Oʻquvchilarni toʻgarakka qabul qilishda ularni yoshlarini, qiziqishlarini hisobga olinadi. Har bir toʻgarak aʼzosi oʻquv yili moboynida toʻgarakdan chiqib ketishi, boshqa toʻgarakka aʼzo boʻlishi va xohishi boʻyicha bir vaqtning oʻzida bir nechta toʻgarakda ishtirok etish huquqiga ega.

Toʻgarak rahbari quyidagi hujjatlarni yuritishi mumkin:

— Toʻgarakning yillik taqvim rejasi (past oʻzlashtiruvchi va iqtidorli oʻquvchilar uchun)
— Toʻgarak mashgʻulotlar jurnali
— Oʻquvchilar ota-onasining arizasi

Ixtiyoriy ravishda:
— Mashgʻulotlar ishlanmasi
— Toʻgarak tadbirlaridan lavhalar
— Koʻrgazmali qurollar.

Maktabda toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari taʼminlaydi. Oʻquv  ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari doimiy ravishda toʻgarak jurnalni toʻgʻri olib borilishini nazorat qilib turadi.

Jurnaldagi yozuvlar aniq, tartibli va muntazam olib borilishi kerak. Jurnal oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarida saqlanadi. Jurnalga toʻgarak rahbari oʻzi olib boradigan toʻgarak nomini, muasasa rahbari tomonidan tasdiqlangan mashgʻulot jadvalini, toʻgarak rahbarining ismi va familiyasini, otasini ismi, toʻgarak sardorini toʻliq ismi familiyasini yozib qoʻyadi.

Jadvaldagi oʻzgarishlar oʻquv ishlari boʻyicha javobgar shaxs bilan kelishilgan xolda jurnalning ikkinchi betida qayd qilinadi. Toʻgarak ishini hisobga olish uchun jurnalda betlar ajratilgan boʻlib, unda toʻgarak aʼzolari tarkibi ismi familiyasi toʻliq, mashgʻulotlar mavzusi, toʻgarak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofiq koʻrsatiladi.

Toʻgarak rahbari aʼzolarning davomatini jurnalda mashgʻulotlarga ajratilgan kunlar va soatlar ustida muntazam belgilab boradi va sababsiz kelmaganlarga “-” belgisi, sababli qatnashmaganlarga “+” belgisi qoʻyiladi. Toʻgarak rahbari toʻgarak tashkil topgan kundan 10 kun muddatda toʻgarak aʼzolarini roʻyxatini tuzadi va tegishli ustunlarni toʻldiradi.

Toʻgarak mashgʻulotlar jadvali maktabning oʻquvchi va ularning ota-onalariga koʻrinib turadigan joyiga ilib qoʻyiladi. Fan oʻqituvchilari tomonidan toʻgarak hujjatlari toʻgʻri yuritilishi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. (ch)Xalq ta’limi info

Oylik hisoblash uchun bot

Oʻqituvchi kanaliga obuna boʻling
👉 https://t.me/ustoz
August 28, 2026 19.8K 285