“Men “Yunayted” futbol maktabidagi bolalar bilan “Old Trafford”da ko‘p marta bo‘lganman. Endi esa o‘sha tunneldan murabbiy sifatida chiqaman — bu men uchun hali ham tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi narsa! Bu dunyodagi eng katta klub va bu men uchun ajoyib tajriba bo‘ladi.
Men Angliyada yashagan paytlarimda chempionlik uchun “Manchester Yunayted” va “Arsenal” o‘rtasida juda qizg‘in kurash ketardi. Endi esa shu ikki klubga qarshi murabbiy sifatida maydonga chiqaman.
Biz hissiyotlarga berilmasdan, bor kuchimiz bilan ishlashimiz kerakligini tushunamiz. Bu turnirdan maksimal darajada foydalanib, eng yaxshi jamoalarga qarshi o‘yinlar orqali yanada rivojlanishni istaymiz”

86
32
6
4September 7, 2026 6.8K 11 6