9-SHARQIY IPAK YO‘LI MAMLAKATLARI TOVARLARI KO‘RGAZMASI — 2026 🇨🇳… — UFEZ.UZ - "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi — TG.ME

📢 9-SHARQIY IPAK YO‘LI MAMLAKATLARI TOVARLARI KO‘RGAZMASI — 2026
🇨🇳 Tashkilotchi: Huahe International kompaniyasi (Xitoy Xalq Respublikasi)
2026-yil 2-4 sentabr kunlari 9-Sharqiy Ipak yo‘li mamlakatlari tovarlari ko‘rgazmasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi!
🌏 Mazkur ko‘rgazma Xitoy va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish, ilg‘or texnologiyalar almashish hamda hamkorlik shartnomalarini tuzish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.
🔹 Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari:
🌾 Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati
🏗 Qurilish va qurilish materiallari
👕 Yengil sanoat
⚡️ Energetika va ekologiya
🏥 Tibbiyot va farmatsevtika
🏭 Sanoat texnologiyalari
🤝 O‘zbekistonlik tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni ko‘rgazmada faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, “Barkamol” MSJ, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-bino. CAU (sobiq AKFA universiteti)

Bizni kuzatib boring:
Telegram|Instagram|Facebook
August 18, 2026 153 6