Har kunlik odatiy savol o'rniga foydali 11 ta savol. 🎬«Qalaysan?»… — UDDABURON_UMMAT_cha — TG.ME

🔹Har kunlik odatiy savol o'rniga foydali 11 ta savol.

🎬«Qalaysan?», «Bog‘chada nima yeding?», «Maktabda nima vazifa berishdi?» — ko‘pincha bolaga beriladigan savollar shular bilan chegaralanib qoladi.

Aslida esa, suhbatni qiziqarli va foydali qilish mumkin.

🎯Quyidagi savollar yordamida bolangizning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari va qiziqishlari haqida ko‘proq bilib olasiz:

1. Bugun sen uchun eng esda qolarli voqea qaysi bo‘ldi?
2. Bugun seni nima hayratda qoldirdi?
3. Bugun nimalarni orzu qilding?
4. Bugun qanday yangi narsani bilding?
5. Do‘stlaring bugun qanday kulgili ish qilishdi?
6. Bugun kimgadir yordam berdingmi?
7. Bugun qanday yaxshilik qilding?
8. Bugun seni eng ko‘p kim ilhomlantirdi?
9. Hozir qaysi kitobni o‘qiyapsan?
10. Do‘stlaringning qiziqishlari haqida gapirib berasanmi?
11. Bugun xafa bo‘ldingmi? Nima uchun?

Bolalarni telefon o’yinlaridan qaytaruvchi kanal: @uddaburon_ummatcha
❤67👍41👏11🥰3
August 3, 2026 18.2K 279