Ucell aloqa yanada barqaror, mobil internet esa tezroq bo‘lishi uchun tarmoqni rivojlantirishda davom etmoqda.
📍 Jizzax viloyatida
73% dan ortiq tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilmoqdamiz va tarmoq sig‘imini 56% ga oshirmoqdamiz.
📍 Samarqand viloyatida
4G tarmog‘ini kengaytirmoqdamiz, yirik aholi nuqtalarida mavjud obyektlarni 5G texnologiyasi bilan qo‘shimcha jihozlamoqdamiz hamda yangi uskunalar o‘rnatmoqdamiz.
Muhim: ishlar iyun oyidan noyabr oyigacha davom etadi. Shu sababli, ushbu davrda ayrim hududlarda aloqa sifatida vaqtinchalik o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Tushunganingiz uchun rahmat





