2026-yil 2-sentyabrdan 22-sentyabr kuniga qadar Toshkent viloyati hududida "Diqqat bolalar” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan barcha ota-onalar va yo‘l harakati ishtirokchilarini bolalar xavfsizligiga yanada mas’uliyat bilan yondashishga chaqiramiz!
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlaringizni avtomobil yo'lida qarovsiz qoldirmang, maktabga borib kelishda nazorat qiling! Bolalarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, yo‘lni faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylaridan kesib o‘tishni doim eslatib turing!
Hurmatli haydovchilar!
Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida, aholi gavjum hududlarda hamda piyodalar o‘tish joylariga yaqinlashganda tezlikni pasaytiring. Ayniqsa, bolalar yo‘l yaqinida bo‘lganida yanada hushyor va e’tiborli bo‘ling!
❗️Unutmang, yo‘ldagi birgina ehtiyotsizlik bolalarning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin.
| Telegram | Youtube | Сайт | Instagram |
