Onlayn_reportaj ⚡️ «Vatan taqdiri — barchamizni birlashtiradigan oliy… — Toshkent viloyati IIBB | Rasmiy kanal — TG.ME

#Onlayn_reportaj

⚡️ «Vatan taqdiri — barchamizni birlashtiradigan oliy qadriyat!»

Tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Viloyat hokimi o‘z tabrigida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar, aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyati ortib borayotgani, yangi investitsiya loyihalari, ish o‘rinlari, zamonaviy uy-joylar va obod mahallalar barpo etilayotgani, Nurafshon shahri yangi taraqqiyot markaziga aylanib borayotgani qayd etildi.

Yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilar ekan, ularni mustahkam bilim, zamonaviy kasb va tafakkurni egallashga, tadbirkorlikka intilishga, xorijiy tillarni o‘rganishga va o‘z salohiyatini Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlashga da’vat etdi.

«Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!» — deya tilak bildirdi viloyat hokimi.

#Mustaqillik #35_yil


| Telegram | Youtube | Сайт | Instagram |
❤3
August 30, 2026 2.1K 1