Hurmatli talabalar! So'nggi kunlarda Telegram orqali turli xil "ovoz… — TDIU | O‘qishni ko‘chirish, tiklash va ta'lim shaklini o‘zgartirish — TG.ME

⚠️ Hurmatli talabalar! So'nggi kunlarda Telegram orqali turli xil "ovoz bering", "tanlovda qatnashing" yoki shunga o'xshash mazmundagi havolalar yuborilmoqda. ❌ Agar sizga shunday xabar kelsa, havolaga kirmang, ovoz bermang va Telegram tasdiqlash kodini hech kimga bermang. Bu firibgarlar tomonidan akkauntingizni egallab olish (buzib kirish) uchun qo'llanilayotgan usullardan biridir. 🔒 O'zingizni himoya qilish uchun: • Noma'lum havolalarni ochmang. • Telegram tasdiqlash kodini hech kimga yubormang. • Telegram akkauntingizda ikki bosqichli himoya (Two-Step Verification) ni yoqing. • Shubhali xabarlarni darhol o'chiring va spam sifatida belgilang. ❗️Iltimos, ushbu ogohlantirishni yaqinlaringiz va guruhdoshlaringiz bilan ham ulashing. Axborot xavfsizligiga befarq bo'lmang!

July 6, 2026 3.1K 4