📢 DIQQAT E'LON! 2025/2026 o‘quv yilida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirgan, biroq belgilangan muddatlarda to‘lov-kontrakt mablag‘larini amalga oshirmagan talabalarning o‘qishi qayta tiklanmaganligini ma’lum qilamiz. 📋 Mazkur e’lon bilan birga barcha fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida o‘qishi qayta tiklanmagan talabalar ro‘yxati ilova qilinadi. 🔹 O‘qishini qayta tiklash istagida bo‘lgan fuqarolar 2026/2027 o‘quv yili uchun o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha 2026-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza topshirishlari mumkin. 🖥 Arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. ❗️ Eslatma: • 2025/2026 o‘quv yili uchun avval topshirilgan arizalar keyingi o‘quv yiliga avtomatik ravishda o‘tkazilmaydi; • O‘qishini qayta tiklash istagida bo‘lgan fuqarolar yangi o‘quv yili uchun belgilangan muddatlarda yangidan ariza topshirishlari lozim; • Ariza topshirish va natijalarni ko‘rib chiqish amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 📌 To‘lov-kontrakt shartlari bajarilmaganligi sababli ushbu fuqarolarga nisbatan talabalik maqomi tiklanmagan hamda o‘qishni qayta tiklash qabul buyruqi rasmiylashtirilmagan. To‘lov-kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi sababli o‘qishi qayta tiklanmagan fuqarolar ro‘yxati e’longa ilova qilinadi. Mazkur ro‘yxat bilan quyida tanishishingiz mumkin. 📞 O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha: (71) 239-28-78 📞 O‘qishni qayta tiklash uchun zarur hujjatlarni olish bo‘yicha: (71) 239-27-23 👉@tsue_transfer_official👈
DIQQAT E'LON! 2025/2026 o‘quv yilida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha… — TDIU | O‘qishni ko‘chirish, tiklash va ta'lim shaklini o‘zgartirish — TG.ME
June 23, 2026 3.1K 53