Bizga juda ko‘p volontyorlar doim yozishadi:
«Toshkentdagi katta sport tadbirlarida viloyatdan turib qanday qatnashsak bo‘ladi?»
«Bizga ham imkoniyat beriladimi?»
«Katta tadbirlarda volontyor bo‘lishni juda xohlaymiz…» 🥹
Va nihoyat, bu masala bo‘yicha sizlar uchun juda yaxshi yangilik bor!
Yaqinda jamoamiz bosh koordinatori Parvina, Sport vaziri Adham Ikramov bilan uchrashuvda aynan shu masalani ko‘tardi. Natijada, viloyatlardagi eng faol, sportni yaxshi ko‘radigan va liderlik qobiliyatiga ega volontyorlar uchun maxsus 14 ta kvota ajratiladi!
Va bu shunchaki volontyorlik emas.
Bu - o‘z viloyatini katta sport maydonida namoyon qiladigan 14 nafar sport lideri uchun imkoniyat.
Ushbu loyihada viloyatlardan volontyorlarni jalb qilishni aynan shu formatda boshlaymiz.
Balki, o‘sha 14 nafar volontyordan biri — SIZDIR? 👀🔥
Agar siz sportni chin dildan yaxshi ko‘rsangiz, faol bo‘lsangiz, mas’uliyatdan qo‘rqmasangiz va o‘z viloyatingiz nomidan katta tadbirda ishtirok etishni istasangiz — bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang! ❤️🔥
Hozir esa sizdan bitta narsa so‘raymiz
Bu postni volontyor do‘stlaringizga yuboring.
Ayniqsa, viloyatda yashaydigan, sportni sevib, katta tadbirlarda ishtirok etishni orzu qiladigan eng faol volontyorlarga!
Chunki balki siz yuborgan bitta xabar kimdadir hayotidagi eng katta imkoniyatni ochib berar.
14 ta viloyat. 14 ta volontyor. 1 ta katta sport maydoni. 🏆🔥
#yoshsportliderlarjamoasi #youthsportsleaders




