Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi loyihasi… — Транспортные Коридоры Центральной Азии — TG.ME

"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi loyihasi doirasida eng baland ko‘prik barpo etilmoqda
 
Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi loyihasi doirasida balandligi 122 metr bo‘lgan eng baland ko‘prik qurilmoqda.

Kech-Olot daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prikning umumiy uzunligi 956,67 metrni, eng baland tayanchining balandligi 96 metrni, ko‘prikning umumiy balandligi esa 122 metrni tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, bu butun temiryo‘l bo‘ylab eng baland ko‘prikdir. Ayni paytda ko‘prik poydevorini quyish ishlari to‘liq yakunlangan. Tayanch va ustunlarni qurish ishlari esa 54 foizga bajarilgan.


Qurilish maydonidan eksklyuziv kadrlarni Qirg‘izistonning “Tuusu” axborot agentligi taqdim etdi.

В рамках проекта строительства железной дороги "Китай – Кыргызстан – Узбекистан" строится самый высокий мост
 
В районе Сузак Джалал-Абадской области строится самый высокий мост высотой 122 метра в рамках проекта строительства китайско-кыргызско-узбекской железной дороги.

Общая длина моста через реку Кеч-Алат составляет 956,67 метра, высота самой высокой опоры — 96 метров, а общая высота моста — 122 метра.

Стоит отметить, что это самый высокий мост на всем протяжении железной дороги. В настоящее время полностью завершено закладка фундамента моста. Строительство опор и устоев выполнено на 54 процента.


Эксклюзивные кадры со строительной площадки предоставило кыргызское информационное агентство "Туусу."

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
👍4
September 4, 2026 38