TIFT talabalari uchun Polshada tahsil olish imkoniyati.
Tasavvur qiling, bir semestr yoki hatto butun o‘quv yilini Polshaning go‘zal Gdansk shahrida o‘tkazib, Yevropa ta'lim muhitida tahsil olish imkoniyati sizda bor!
Gdansk — Boltiq dengizi bo‘yida joylashgan, tarixiy va zamonaviy muhit uyg‘unlashgan, xalqaro talabalar uchun katta imkoniyatlar yaratadigan Polshaning mashhur shaharlaridan biri.
Buning uchun esa sizdan: IELTS 5.5 yoki B2 darajadagi til sertifikati talab etiladi.
Yana bir yaxshi yangilik — TIFT talabalari uchun
ta grant o‘rni ham mavjud. Grantlar talabaning o‘qishdagi natijalari va ijtimoiy holati inobatga olingan holda TIFT universiteti tomonidan taqdim etiladi.
TIFTda ta'lim auditoriya bilan cheklanmaydi. Sizning imkoniyatlaringiz esa O‘zbekiston chegaralaridan ancha keng!
Qatnashish niyatidagi talabalarimiz, batafsil ma'lumot olish uchun ushbu guruhga qo'shiling.