Negadir bizda jamoat joylarida o'zini qanday tutish bo'yicha odob unchalik shakllanmagan.
Hamma xohlaganini qilaveradi. Ozor bermayapmanmi deb o'ylashmaydi.
Masalan, hozir avtobusda uch odam baqirib gaplashib ketyapti. Ikki inson esa telefonda gaplashyapti, uydagi muammolarini hamma eshitdi. Yana biri Reels ko'rib ketyapti (yonginamda, qulog'imda naushnik bor, lekin ko'rayotgan vinening ovozi shundoq eshitilyapti)
Xullas, islohga muhtoj xalqmiz. Har tomonlama.
August 5, 2026 210 2