— Yangi beta-versiya Telegram iOS 12.9.3 da Pavel Durov e’lon qilgan kripto-koshelek Gram Wallet integratsiya qilinganligi aniqlandi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil yozda insoniyat tarixidagi eng katta kripto-koshelek ishga tushiriladi. Bunda kaliflarni saqlashni talab qilmaydigan tez va komissiyasiz transaksiyalar bir milliarddan ortiq foydalanuvchilar uchun reallikka aylanadi.




