Lekin biz o‘qishga kirgan davrni hozirgi davr bilan solishtirsam, o‘zimga achinib ketaman
Bizda Milliy sertifikat yo‘q.
5 ta yo‘nalish tanlash yo‘q.
Xususiy universitetlar deyarli yo‘q.
Bir yil — bitta imkoniyat.
Qolaversa, men topshirgan yo‘nalishda hamma fandan 100% ishlasangiz ham, grant masalasi alohida mavzu edi.
Armiyadan ball bilan qaytganlar kelardi:
— Assalomu alaykum, grant bormi? deb
Hozir esa imkoniyatlar ko‘paygan:
Milliy sertifikat bor ✅
5 ta yo‘nalish bor ✅
Xususiy universitetlar bor ✅
Super Kontrakt bor ✅
Turli xil ta'lim imkoniyatlari bor ✅
Shularni ko‘rib, ba'zida o‘ylab qolaman:
“Biz nega o‘sha paytda shunchalik qiynalganmiz o‘zi?”
Menga o'xshab qiynalganlar bormi o'zi?
