Telegram kanal yuritayotganlar uchun 5 ta muhim maslahat telegram… — Telegram Hub — TG.ME

Telegram kanal yuritayotganlar uchun 5 ta muhim maslahat
telegram kanal ochish oson. Uni uzoq vaqt davomida sifatli yuritish esa boshqa masala.


1 Auditoriya uchun pul sarflashdan qo‘rqmang

Yaxshi kontentning o‘zi har doim ham yetarli emas. Kanalni kerakli odamlarga ko‘rsatish kerak.
Buning uchun boshqa kanallarda reklama berish, Telegram Ads'dan foydalanish yoki mos kanallar bilan o‘zaro reklama qilish mumkin.

2 Dastlabki natijalar sekin kelishi mumkin

Kanalni ochdingiz 10 ta post chiqardingiz obunachi esa deyarli qo‘shilmadi.
Bu kanal ishlamayapti degani emas telegramda auditoriya yig‘ish vaqt talab qilishi mumkin. Eng muhimi — birinchi qiyinchilikda tashlab yubormaslik.

3 Kanalni tartibli tuting

Postni joylashdan oldin bir marta o‘qib chiqing, imlo xatolari, ortiqcha emoji, keraksiz uzun matnlar va tushunarsiz format odamni charchatadi.

Oddiy qoida: O‘zingiz o‘qishni xohlamaydigan postni auditoriyaga yubormang.

4 Bir xil kontentga yopishib qolmang

Har kuni bir xil formatdagi postlar vaqt o‘tishi bilan zeriktiradi. maslahat, yangilik, savol, statistik ma’lumot, tajriba, video, foydali havola — imkon qadar formatlarni aralashtirib boring. Yangilik va xilma-xillik auditoriyani ushlab turadi.

5 Odamga sizni kuzatish uchun sabab bering

Eng muhim savol: “Nega men bu kanalga obuna bo‘lib qolishim kerak?” Agar odam bu savolga aniq javob topa olsa, u kanalni tark etishga shoshilmaydi.

@tghub_uz
❤1
August 14, 2026 214