Ushbu sana munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, xalqimiz xavfsizligini himoya qilish yo‘lida uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan, ayni paytda universitet ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar e’tirof etildi.
Tadbir davomida universitet rektori tomonidan soha fidoyilariga samimiy tilaklar bildirilib, ularning ko‘p yillik mehnati va xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Universitetda har bir xodimning mehnati va fidoyiligi qadrlanadi.












