TDMAUda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Termiz… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

TDMAUda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yilini munosib boshlash, yangi o‘quv yilidagi vazifalarni belgilash hamda xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, professor-o‘qituvchilar hamda mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M. Majidov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M. Ro‘ziyeva hamda tegishli mas’ullar qatnashdi.

Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐 tdmau.uz  ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook  📹YouTube
👍7⚡2❤2
September 8, 2026 1.1K 3