Hurmatli talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va universitet… — TDMAU | Rasmiy — TG.ME

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

🎓 Hurmatli talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlari!

Kitobxonlikni targ‘ib qilish, ma’naviy dunyoqarashni boyitish hamda mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida universitetimizda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi:

🏆“Eng kitobxon talaba”
🏆 “Eng kitobxon o‘qituvchi”
🏆 “Eng kitobxon xodim”

📌 Maqsad: kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish.
📖 Ishtirokchilar uchun o‘zbek va jahon adabiyotidan 10 ta eng sara asar ro‘yxati taqdim etiladi.
🗓 Muddat: sentabr oyi

🎉 Taqdirlash: G‘oliblar 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida rektor tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

📞 Murojaat uchun: +998 90 522 49 49
👥 Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📚 Kitob o‘qing — muvaffaqiyat sari dadil qadam tashlang! 🚀

📖 Eng sara 10 ta badiiy asar:
1. “Mehrobdan chayon” – Abdulla Qodiriy
2. “Kecha va kunduz” – Cho‘lpon
3. “Ikki eshik orasi” – O‘tkir Hoshimov
4. “Otamdan qolgan dalalar” – Tog‘ay Murod
5. “Sarob” – Abdulla Qahhor
6. “Qorako‘z Majnun” – Said Ahmad
7. “Jinoyat va jazo” – Fyodor Dostoevsky
8. “Kichkina shahzoda” – Antoine de Saint-Exupéry
9. “Alkimyogar” – Paulo Coelho
10. “Martin Iden” – Jack London


🌐tdmau.uz  ✅ Telegram 🌐Instagram ✅Facebook  📹YouTube
❤6⚡4👍4
September 4, 2026 1.4K 14