#qiziqarli
⚡️Xitoyda to’liq robotlashtirilgan mehmonxona ochiladi
🇨🇳Pudu Robotics kompaniyasi Guandun provinsiyasidagi sun’iy G’arbiy orolda barcha jarayonlari robotlar tomonidan boshqariladigan mehmonxona loyihasini taqdim etdi.
🤖Kirishdan tortib, xonalarga xizmat ko’rsatish, ovqat tayyorlash va chiqindilarni yig’ishgacha bo’lgan barcha ishlarni maxsus mashinalar sun’iy intellekt asosidagi ko’rish tizimi yordamida amalga oshiradi.
🏨Mehmonxonada 44 ta lyuks toifasidagi xona, restoran, sport zali va boshqa hududlar joylashadi. Barcha bu zonalar yagona intellektual boshqaruv tizimi orqali o’zaro bog’langan bo’ladi, bu esa mehmonxona faoliyatini to’liq avtomatlashtirilgan holda ta’minlaydi.
@technoflyuz

July 16, 2026 4.2K