🎭 Bugun Fargʻona viloyati musiqali drama teatrida iste’dodli dramaturg Obidjon Roʻziboyev qalamiga mansub “Titroq” mistik komediyasi tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Spektakl oʻzining sirli voqealari, kutilmagan sahna yechimlari va kulguga boy syujeti bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Asar sahnada hayotiy voqealarni oʻziga xos badiiy talqin orqali yoritib, zalga yigʻilgan san’at ixlosmandlariga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
👏 Spektakl ijodkorlari va aktyorlar jamoasining mahoratli ijrosi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, qizgʻin olqishlarga sazovor boʻldi.
🌟 San’at va ma’naviyatga oshno yurtdoshlarimiz uchun bunday sahna asarlari madaniy hayotimizning yanada boyishiga xizmat qilmoqda.
#Titroq #ObidjonRoziboyev #FargonaTeatri #MistikKomediya #TeatrSanati #Madaniyat #FargonaViloyati
4
3
1June 12, 2026 627 6