Joriy yilning 25-avgust kuni kuni Nizomiy Ganjaviy nomidagi… — OʻzMPU Tarix fakulteti — TG.ME

➡️Joriy yilning 25-avgust kuni kuni Nizomiy Ganjaviy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni  ta’minlash: global chaqiriqlar va  milliy yechimlar mavzusida  xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

➡️Anjumanning yalpi yig‘ilishi hamda “Iqtisodiy huquqlar va inson farovonligini ta’minlashning dolzarb muammolari: zamonaviy tahdidlar va huquqiy kafolatlar”, “Ijtimoiy huquqlar va inson qadri: ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarni ta’minlashning ustuvor vazifalari”, “Madaniy huquqlar va milliy qadriyatlar: ma’naviy taraqqiyot va tarbiyaning zamonaviy masalalari”, “Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida inson huquqlarini ta’minlash: xalqaro standartlar va milliy mexanizmlar” deb nomlangan sho’ba yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti vakillari, respublikamiz olimlari, tadqiqotchilari, magistrant talabalari bilan bir qatorda Turkiya, Ozarbayjon,  Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston olimlarining bu boradagi yondashuvlari, tahlil va xulosalari bayon etildi.

🔴Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram     😎Instagram
❤2
August 26, 2026 195