1-kurs talabalariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati tanishtirilmoqda...
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan 1-kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” hamda “Tanishtiruv haftaligi” tadbirlari doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim tashkilotlaridagi boshlang‘ich tashkilotlari a’zolari tomonidan yangi talabalar yoshlar tashkilotining maqsad va vazifalari, boshlang‘ich tashkilot faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida faol, tashabbuskor va ijtimoiy faol talabalarni aniqlash, ularni yoshlar tashkiloti faoliyatiga jalb etish hamda talabalik davrini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.