O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN WIKIMARAFON O‘Z YAKUNIGA YETDI!
TSUE WikiClub tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan WikiMarafon o‘z yakuniga yetdi!
Marafon davomida ishtirokchilar O‘zbekiston tarixi, xalqaro munosabatlari hamda mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyotiga oid maqolalar yaratish va takomillashtirish orqali Vikipediyani boyitishga hissa qo‘shdilar.
WikiMarafon yakunlari bo‘yicha g‘oliblar 5 ta nominatsiya asosida aniqlandi. G‘oliblar bilan quyida tanishishingiz mumkin!