Rasmiy⚡️ #GrantTaqsimoti🆕 2026/2027 o‘quv yili uchun ta’lim… — TDIU Yoshlar ittifoqi — TG.ME

Forwarded fromTSTSUE-TDIU
#Rasmiy⚡️ #GrantTaqsimoti🆕

2026/2027 o‘quv yili uchun ta’lim grantlari taqsimoti natijalari


📰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori (“Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”) hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘iga binoan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida 2026/2027-o‘quv yili uchun qayta taqsimotga ko‘ra ajratiladigan ta’lim grantlari tasdiqlangan edi.


🔁Shu asosda, 2024/2025 hamda 2025/2026 o‘quv yillarida kunduzgi ta’lim shaklida qabul qilingan talabalar uchun 2026/2027 o‘quv yilida qayta taqsimotga muvofiq ajratilgan ta’lim grantlarini qo‘lga kiritgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi.

⚫️bakalavr ikkinchi bosqich;
⚫️bakalavr uchinchi bosqich;
⚫️magistr ikkinchi bosqich.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
❤6🤔1
August 25, 2026 1.4K 1 21