Bugun poytaxtda | 20-avgust, Payshanba ☀️ Ob-havo: bugun Toshkent… — TDIU Yoshlar ittifoqi — TG.ME

🗓 Bugun poytaxtda | 20-avgust, Payshanba

☀️ Ob-havo: bugun Toshkent shahrida harorat +37°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

📍 Bugun uchun kerakli imkoniyatlar, deadline’lar va poytaxtdagi qiziqarli manzillar bir joyda.

🇺🇿 Bugun — Tadbirkorlar kuni!
O‘zbekistonda 20-avgust qonun bilan Tadbirkorlar kuni etib belgilangan.

🌍 Dunyoda esa — Butunjahon chivinlar kuni (World Mosquito Day)
Sana 1897-yilda chivinlar bezgakni yuqtirishini aniqlashga asos bo‘lgan ilmiy kashfiyot bilan bog‘liq.

🎓 O‘qishni ko‘chiruvchilar uchun muhim kun
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining ikkinchi kuni.

🌍 Erasmus+ imkoniyatlari bilan tanishing
Bugun Renessans universitetida Erasmus+ mutaxassislari xalqaro grantlar, stipendiyalar, akademik mobillik va loyiha tayyorlash bo‘yicha master-klass o‘tkazadi.

🇸🇬 Singapurda o‘qish imkoniyati — taqdimotga 2 kun qoldi!
22-avgust kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida Amity Singapore ta’lim dasturlari bo‘yicha taqdimot o‘tkaziladi.

🩺 Tibbiyotchilar — deadline bugun!
Toshkent davlat tibbiyot universitetining klinik ordinatura (rezidentura) bosqichiga hujjat topshirish bugun yakunlanadi.

🏃 Yugurishni yoqtirasizmi? — oxirgi kun
Tashkent International Half Marathon uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yakunlanadi. 21 km, 5 km va Kids Run yo‘nalishlari mavjud.

⚽️ Bugun katta futbol
Superliganing 18-turida poytaxtning “Bunyodkor” jamoasi “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

🎨 Ko‘rgazmaning so‘nggi kuni
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasidagi “Muloqot” ko‘rgazmasi bugun yakunlanadi. Ko‘rgazma 10:00 dan 17:00 gacha ochiq.

🎬 19:00 — nemis kinosi
Gyote-Institutida Kristian Petzoldning “Barbara” dramasi nemis tilida, ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi.

🌙 Yapon bog‘ida ochiq osmon ostida kino
Sakura Cinema’da bugun 20:00da , 22:00da filmlar namoyish etiladi.

🎧 Yozni musiqa bilan kuzatamiz
Atlantis’da bugun Music Fest 2026 — shahar DJ’lari, MC va jonli guruhlar ishtirokidagi musiqiy kecha bo‘lib o‘tadi.

📌 Yana bir muhim eslatma
Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test natijasidan norozi abituriyentlar apellatsiya arizasini 24-avgustgacha onlayn yuborishi mumkin.


😉Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang!

🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
❤3👍3
August 20, 2026 2.6K