Telegram Ads'da istalgan odam reklama yoqishi mumkin… — Targeting | Mirzobek Bozorov — TG.ME

Telegram Ads'da istalgan odam reklama yoqishi mumkin... ads.telegram.org sayt interfeysi oddiy qulay tuzilgan. Istalgan odam qiziqish uchun ham kirib reklama sozlashi mumkin. Meta'dagidek boshlash uchun qiyin funksiyalarni bilish shart emas. Hujjatlaringiz orqali verifikatsiyadan o'tasiz, Telegram Wallet orqali 20 TON sotib olasiz. Va auditoriyangiz og'riqlarini o'rganib ularning muammolariga yechim beradigan 160 belgidan iborat kreativ matn tayyorlaysiz yoki yaxshi kopirayterga yozdirasiz. Ad text degan joyiga matnni joylab, URL qismiga kanalingizdagi post havolasini joylaysiz. O'zingizni maqsadli auditoriyangiz o'tiradi degan kanallar ro'yxatini kiritib, budjetni belgilab ishga tushirasiz. Bo'ldi Bo'ldi emas. Ko'pchilik CPM narxini baland qilib yuboradi, CTR'ning foizi past bo'ladi va har xil matnlarni test qilib ko'rmaydi. Natijada ishlamaydi ekan deb o'ylaydi. Maqsadli auditoriyani tanlash esa eng muhimi. Saytga bir-ikkita kanal linkini joylaganingizdan so'ng, similar channel funksiyasi orqali bir qancha kanallarni taklif qiladi. Undan tashqari Telegram Premium foydalanuvchilar uchun Telegramni o'zida similar channel funksiyasi mavjud. Va yana uz.tgstat.com orqali kanallarni filtrlab olish mumkin. Yana bir juda zarur instrument bor bu www.facebook.com/ads/library kutubxonasiga o'xshash Telegram Ads'da yoqilgan kreativlarni ko'rishingiz, analiz qilishingiz mumkin. (Raqobatchilaringiz yoqibdi-mi? Tekshirib ko'ring)) Telegram Ads bo'yicha qanday savollar bo'lsa, aloqadaman @mirzobek_bozorov @targeting_telegramda

April 16, 2025 91 9