Bir tanishim savol berib qoldi Menga men tushunadigan tilda tushuntir, nima uchun men kanal admini orqali emas, Telegram Ads orqali reklama sotib olishim kerak? Zo'r savol, ko'rib chiqamiz. @xushnudbek kanalida reklama berish oldiroq 7 million deb eshitgan edim. Hozir ham aniq sonlarini bilmayman. Taxminan 500 € deb olamiz. Atayin bir hafta oldin qo'yilgan reklama postini qaradim. 209 ming "prosmotr" bo'lgan ekan. Yevrokabinetda shundan sal balandroq natijani ustozimiz 11,46 € bilan qilganini yozibdilar. Bizda bor ma'lumotlar bilan faqat "prosmotr"larni solishtirishimiz mumkin. Telegram Ads'da turli vositalar yordamida reklama sozlash mumkin. TON kabinetda TON orqali 160 ta belgidan iborat matn bilan, kanallarga, botlarga reklama yoqish mumkin. Yaqinda TON kabinetga qidiruv tizimiga target yoqish va stikerlar bilan matn joylash imkoniyati qo'shildi Euro kabinetda TON kabinetda mavjud barcha imkoniyatlar, premium stikerlar va kanal logosi (istasa rasmni almashtirish mumkin) bilan reklama sozlash imkoniyatlari bor. Cheki kattaroq euro kabinetda esa, rasm, video gif va kattaroq matn bilan target yoqsa bo'ladi. *Xushnudbek kanalida ham rasm/video va matn, tagida esa reklama yozuvi turadi. ChatGpt maqola yakuni kreativ bo'lishi kerak dedi, shuning uchun Bu maqolani do‘stlaringizga yuboring — ular hali ham Instagram’da har bir click uchun 1200 so‘m to‘lab yurgandir... @targeting_telegramda
Bir tanishim savol berib qoldi Menga men tushunadigan tilda… — Targeting | Mirzobek Bozorov — TG.ME
April 16, 2025 117