💼 FINANCOPEDIA — YOSH TADBIRKORLAR UCHUN YANGI AVLOD LOYIHASI Financopedia — bu O‘zbekiston yoshlarining biznes tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion loyiha bo‘lib, u debat va startap formatlarini birlashtiradi. Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarni moliyaviy savodxonlik, kritik fikrlash, va real biznes muammolarni hal etish ko‘nikmalariga ega qilishdir. 🚀 Loyihaning bosqichlari: 1️⃣ Individual Speech — ishtirokchi o‘z biznes g‘oyasi yoki muammoga yechimini taqdim etadi. 2️⃣ Team Debate — jamoaviy tarzda iqtisodiy masalalar muhokama qilinadi va eng samarali yechim topiladi. 3️⃣ Mentorship Sessions — tajribali mutaxassislar va investorlar bilan treninglar o‘tkaziladi. 4️⃣ Startup Funding — eng kuchli jamoalar O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. 🧠 Ishtirokchilar nimalarga ega bo‘lishadi: ✅ Moliyaviy va biznes savodxonlikni oshirish ✅ Portfolio uchun kuchli natija ✅ Xalqaro tan olingan sertifikat ✅ Yoshlar ishlari agentligi tomonidan recommendation letter ✅ Eng yaxshi startap uchun mablag‘ bilan taqdirlanish imkoniyati 🤝 Hamkorlar: Loyiha Markaziy Bank, Westminster University, Yoshlar ishlari agentligi, Finlit.uz, EFI, Ustoz AI, va boshqa tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. 🌟 Maqsadimiz: Yoshlarni kelajakda muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lishi uchun zarur fundament bilan ta’minlash va O‘zbekiston iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shadigan yangi avlod yetakchilarini yetishtirish.
ᴛᴀʀɢᴇᴛ Students’ Union: post #754 — TG.ME
October 19, 2025 798 2 6