Amaldagi qonunchilikda tanlov natijalariga ko‘ra abituriyent ma’lum bir ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilganidan so‘ng, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan uning tavsiya etilgan yo‘nalishini boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib berish vakolati mavjud emas.
Shuning uchun abituriyentlar tanlov jarayonida ta’lim yo‘nalishlari va ularning ustuvorligini belgilashda o‘z xohish-istaklarini puxta o‘ylab, tanlovni mas’uliyat bilan amalga oshirishlari muhim.
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!



