Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Bugun, 2-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi S.H. Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa kafedrasi professor-o‘qituvchilari — f.f.d., professorlar X. To‘xtayev, D. Fayzixo'jayeva, dotsentlar M. Yoqubova va D. Xo‘jayev ishtirok etdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda Vatanga muhabbat, milliy birlik, fuqarolik mas’uliyati hamda yoshlarning taraqqiyot jarayonlaridagi o‘rni kabi masalalar muhokama qilindi. O‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.