Markaziy Osiyodagi yovvoyi qo‘ylar assotsiatsiyasi (WISPA-CA) mintaqamizning noyob faunasini o‘rganish, saqlash va muhofaza qilish borasidagi amaliy sa’y-harakatlarini izchil davom ettirmoqda.
Mazkur xalqaro tashkilot o‘z atrofiga Markaziy Osiyo va unga tutash hududlarning eng nufuzli mutaxassislarini jamlagan. Ekspeditsiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston davlatlarning yetakchi olimlari va tadqiqotchilari ishtirok etmoqda.
Ekspeditsiya doirasida Qozog'istonning betakror tog‘li hududlarida yovvoyi qo‘ylar (jumladan, Sayg‘oq, tog‘ qo‘ylarining turlari) va boshqa noyob endemik hayvonlarning populyatsiya holatini o‘rganish va iqlim o‘zgarishining fauna olamiga ta’sirini tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Ekspeditsiya davom etmoqda.
https://t.me/Tabiat_uchun




