SWIFT LAUNCH: post #433 — TG.ME

🔘Biznes boshlamoqchimisiz? Bu 8 ta programa ishingizni osonlashtiradi (uzb)

💚Notion: Loyihalarni boshqarish, hujjatlar yaratish, vazifalarni tartibga solish va jamoa bilan hamkorlik qilish uchun platforma.

💚Canva: Veb-dizayn yaratishni bilmasangiz ham muammo yo‘q! Ajoyib grafikalar, taqdimotlar va ijtimoiy tarmoqlar uchun postlarni oson yaratishingiz mumkin.

💚Google Workspace: Barcha ishlaringizni bir joyda boshqaring—Gmail, Google Drive fayllarni saqlash uchun, Docs dokument yaratish uchun, Sheets jadvallar uchun, Calendar rejalashtirish uchun va Meet video konferensiyalar uchun.

💚Figma: Interfeyslar va prototiplarni yaratish uchun ideal platforma. Jamoangiz real vaqt rejimida bitta faylda ishlashi mumkin, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar.

💚Webflow: Professional veb-saytlarni programist qobiliyatlarisiz va kod yozmasdan yarating.

💚Help Scout: Bu mijozlar bilan muloqot qilish uchun platforma. Jamoangiz uchun umumiy pochta qutisi yarating, shunda barcha mijozlarning e-maillari tartiblangan bo‘ladi va e’tibordan chetda qolmaydi. Saytingizga jonli chat qo‘shing yoki mijozlarga o‘z savollariga javob topishlari uchun bilim bazasi yarating.

💚Fibo Cloud: O‘zbekistonda ishonchli server xizmati kerakmi? Fibo Cloud xavfsiz va tezkor yechimlar taklif etadi.

💚QuickBooks: Hisob-kitoblarni boshqarish, xarajatlarni kuzatish va kompaniyaning moliyaviy holatinni tartibga solish uchun yaratilgan.

📱 Telegram | 📱 Instagram |🔗 LinkedIn
🤩2
January 20, 2025 572 12