OSON PUL KETIDAN QUVMANG — SHUNDA ALDANMAYSIZ! "Bir oz pul tiksangiz… — Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal — TG.ME

OSON PUL KETIDAN QUVMANG — SHUNDA ALDANMAYSIZ!

"Bir oz pul tiksangiz, 2 baravar qilib qaytaraman" degan va’dalar — yuz foiz firibgarlik!

Ular sizni qanday aldaydi?
Isbot ko‘rsatishadi: Soxta cheklar va uydirma "mijozlar" minnatdorchiligini yuborib, ishonchingizga kirishadi.
Ko‘proq pul so‘rashadi: Pulni yechib olish uchun "soliq" yoki "xizmat haqi" bahonasida yana va yana pul o‘tkazdirishadi.
G‘oyib bo‘lishadi: Barini o‘tkazib bo‘lganingizdan keyin sizni bloklab, yo‘qolishadi.

 
 Yodda tuting: Internetda pulni sanoqli soatlarda ko‘paytirib beradigan mo‘jiza yo‘q!

 Plastik karta ma’lumotlaringiz va SMS-kodni hech kimga bermang! Mehnat bilan topgan pulingizni firibgarlarga qo‘shqo‘llab topshirib qo‘ymang.

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
September 9, 2026 4.7K 4