Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling! Jarqo‘rg‘on tumani hududida… — Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal — TG.ME

🛡 Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling!

Jarqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan bank muassasalari, Xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimligi xodimlari ishtirokida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga fishing, ijtimoiy muhandislik, soxta havolalar, zararli dasturlar va internet firibgarliklari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar, bank karta rekvizitlari, SMS-kod va parollarni begonalarga bermaslik, shubhali havolalarga kirmaslik hamda noma’lum ilovalarni o‘rnatmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔐 Kiberxavfsizlik — har birimizning mas’uliyatimiz!

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
September 8, 2026 2.1K 2