Firibgarlar fuqarolarni turli usullar orqali aldab, bank karta ma’lumotlari, SMS-kodlar, shaxsiy ma’lumotlar va mablag‘larini qo‘lga kiritishga urinmoqda.
Ayniqsa, soxta bank xodimlari nomidan qo‘ng‘iroq qilish, rahbar yoki tanishlarning akkauntlaridan xabar yuborish, soxta havolalar va zararli APK fayllarni jo‘natish kabi usullar keng tarqalmoqda.
Shu sababli fuqarolardan internet tarmog‘ida har qanday xabar, qo‘ng‘iroq yoki taklifga hushyorlik bilan yondashish so‘raladi.
SMS-kod, bank karta ma’lumotlari va parollaringizni hech kimga bermang! Shubhali havolalarni ochmang va noma’lum ilovalarni o‘rnatmang.
Bir lahzalik ehtiyotsizlik katta moliyaviy zararga olib kelishi mumkin.
Ogoh bo‘ling! Kiberfiribgarlarga aldanib qolmang!
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover
September 7, 2026 3.4K