OʻZBEKISTONDA "MUZEYLAR HAFTALIGI"
2–8-sentabr kunlari yurtimizda “Muzeylar haftaligi” doirasida joriy yilning 5-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi oʻquvchilari Arxeologiya muzeyi hamda Tarix va madaniyat muzeyiga qiziqarli sayohat uyushtirildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar o‘z yurtimizning qadimiy-tarixiy yodgorliklari, boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey eksponatlari orqali O‘zbekiston hududida qadimdan mavjud bo‘lgan sivilizatsiyalar, qadimgi shaharlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘ldilar. Xususan, Kushon podsholigi davriga oid nodir artefaktlarni ko‘rib, bu davrda yurtimizda ilm-fan, san'at va iqtisodiyotning yuksak taraqqiy etgani, Surxondaryo vodiysi qadimiy Kushon madaniyatining markazlaridan biri bo‘lgani haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover
September 7, 2026 3.1K 3







