ONLAYN SAVDODA OGOH BO‘LING!
Bugungi kunda internet orqali xarid qilish qulay va tez. Ammo ayrim firibgarlar aynan shu qulaylikdan foydalanib, fuqarolarni aldab, pullarini o‘zlashtirmoqda.
Soxta reklama va arzon narxlarga aldanmang!
Noma’lum sotuvchilarga oldindan pul o‘tkazishga shoshilmang.
Sotuvchi, uning sahifasi va mahsulot haqidagi ma’lumotlarni tekshiring.
Shaxsiy ma’lumotlaringiz, bank karta raqamingiz va SMS-kodlarni begonalarga bermang.
Shubhali havolalar orqali to‘lovlarni amalga oshirmang.
Unutmang! Birgina shoshma-shosharlik bilan qilingan to‘lov sizni katta miqdordagi mablag‘dan mahrum qilishi mumkin.
Hushyor bo‘ling! Onlayn xaridda avvalo xavfsizlikni o‘ylang.
Surxondaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover
September 6, 2026 3.9K 7