🚀 SuniCode jamoasiga Flutter Developer Intern kerak!
SuniCode — real loyihalar ustida ishlaydigan IT kompaniya. Jamoamizga Flutter dasturlash bo‘yicha amaliyotchi (Intern) qabul qilamiz.
📍 Manzil: Namangan
🏢 Ishlash formati: Offline
💼 Lavozim: Flutter Developer Intern
Sizdan nimalar kutamiz?
• Flutter va Dart asoslarini bilish
• OOP tushunchalarini tushunish
• Git/GitHub bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich bilim
• REST API nima ekanini tushunish
• Figma dizaynlarini Flutter’da yig‘a olish
• Yangi texnologiyalarni tez o‘rganishga qiziqish
• Eng muhimi — real loyihalarda ishlashga ishtiyoq
Siz nimalarga ega bo‘lasiz?
• Real commercial loyihalarda ishlash
• Tajribali developerlar bilan birga ishlash
• Code review va amaliy feedback
• Git, API, architecture va development jarayonlarini o‘rganish
• Kuchli portfolio yig‘ish imkoniyati
• Internship davomida yaxshi natija ko‘rsatganlar uchun Junior Flutter Developer sifatida ishga qolish imkoniyati
🎯 Kimlar uchun?
Flutter’ni kurs orqali yoki mustaqil o‘rgangan, lekin hali commercial tajribasi yo‘q dasturchilar uchun ayni muddao.
Agar siz:
“Flutter’ni bilaman, endi real loyihada o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman”
desangiz — biz sizni kutamiz.
📩 Ariza topshirish: CV yoki GitHub profilingizni yuboring.
@AzizbekAsqaraliyev
SuniCode — g‘oyalarni kodga aylantiramiz.
September 1, 2026 684 10