Pokiston bilan raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni yangi… — Sanlı texnologiyalar ministrligi Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq sektorı — TG.ME

🇺🇿 🇵🇰Pokiston bilan raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi

📌Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Pokiston Davlat vaziri Bilol bin Soqib bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, AT xizmatlari eksporti, startaplar va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🟢Uchrashuvda Pokistonning raqamli iqtisodiyotdagi salohiyati, xususan, mamlakatdagi katta inson kapitali, AT mutaxassislari, frilanserlar va texnologik kompaniyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Tomonlar sun’iy intellekt va data-markazlar sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi. Shuningdek, “Yashil” energetika asosidagi loyihalar, jumladan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

➡️Frilanser salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish masalasi ham muhokama qilindi. Bunda frilanserlarni faqat xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis sifatida emas, balki o‘z raqamli mahsulotlari va kompaniyalarini yaratadigan startap asoschilariga aylantirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/210626

🇬🇧 English

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
August 26, 2026 78